Mualliflarning ushbu monografiya yozishlaridan asosiy maqsad:
Zarafshon to‘qay biotoplarida o‘suvchi yovvoyi o‘simliklar nematodafaunasining taksonomik va ekologik tarqalish qonuniyatlarini o‘rganishdan iborat.
Qishloq xo‘jalik ekinlariga zarar keltiruvchi nematodalarning ko‘pchiligi avvalo yovvoyi o‘simliklarda yashab, keyin madaniy o‘simliklarga o‘tadilar. Shularning o‘zi ko‘rsatib turibtiki, O‘zbekiston mintaqalaridagi madaniy va shifobaxsh yovvoyi xolda o‘suvchi o‘simliklarining zararkunandalardan bir guruhi bo‘lgan fitogelmintlarni o‘rganish, ularga qarshi kurashish choralarini o‘z vaqtida qo‘llash
O‘zbekiston Respublikasini o‘simlik dunyosini asrash va uning ekologik ahvolini yaxshilashga qo‘shilgan amaliy xissa bo‘ladi. Shuningdek, maxsus kasallik qo‘zg‘atuvchi turlarining tabiiy manbalarini topish va ularning madaniy landshaflariga o‘tishini oldini olish kabi muammolar yechilgan.
Ushbu monografiya universitetlarning biologiya, ekologiya fakulteti bakalavr, magistr yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar hamda qishloq xo‘jaligi soxalarida o‘qiyotgan mutaxassislar uchun mo‘ljallangan va o‘simliklarning parazit nematodalardan himoya qiluvchi mutaxassislarga asos bo‘la oladi.